Hotini bozorda be ibo so`zlar,
Singlisi Dubayda jazmanin ko`zlar,
Kelini shim kiygan qalbingiz muzlar,
Qizg`anish neligin bilmas be yuzlar,Qiyomatga beor qalbi ma`yuslar,
Ahli Ayolini sotgan dayuslar....
Namoz o`qimaydi hatto Momosi,
Massifda qo`shmachi katta holasi,
Yarim yalong`ochdir kichik bolasi,
Faqat dunyoga hos dardi nolasi,
Past qiymatli bozor qalbi ma`yuslarO`zin jahannamga otgan dayuslar...
Hotini yomon yursa parvosi yo`qdir,
Lug`atida faxsh va zinosi yo`qdir,
Iffat dep atalmish ziyosi yo`qdir,
Ahli mo`minlardek hayosi yo`qdir,
Sarg`aygan bir mozor qalbi ma`yuslar,
Do`zah sharpasini totgan dayuslar....
Nomi er atalgan bilan er emas,
Haqiqiy erkaklar a