Qo'llarimga gul olib , Ishqingda kuyib yonib , Seni baxtli qilaman . Sevgimga sodiq qolib , Bo'lasanmi menga yor ? Sevgimni qilsam izhor !!! Sen hayoda tengsizim , Suluv sochi dengizim , Mehrimning malikasi . Orzu qilgan yulduzim , Rozi bo'l ko'zi xumor . Sevgimni qilsam izhor !!! Gullarga to'la bog'lar , Bizni bag'riga chorlar , Kel qalbimiz tutashsin , Ketsin bizdan ozorlar . Bo'lgin ishqinga iqror . Sevgimni qilsam izhor !!! Shifo bo'l dilim hasta , Baxt bor shirin havasda , Senga ehtiyojim bor , Yorim har bir nafasda . Ollohdir menga mador . Sevgimni qilsam izhor !!! Ko'nglim torin chertaman , Ista baxtga yetaman , Eng sof muhabbatimni , Senga sovg'a etaman . Ishon menga gul diydor ? Sev