Qishlog'im Qöshrabot tog'lar orasi,Özim oddiy shu qishloqni bolasi, Sizga aytay gaplarimni sarasi, Shu qishloqdan uzoq ketgim kelmaydi. Qishlarida böronlari tinmaydi, Tog'larida börilari uvlaydi, Jarlarida shog'olchalar ingraydi, Eshitsangiz uydan chiqing kelmaydi. Bahorlar bezaydi bog'larin, Odamlar kezadi tog'larin, Terishib puduna qöziqorin, Tog'lardan hech ketging kelmaydi. Yozlarida mevalari zör qishgan,Pishganlari taklariga ham tushgan, Tatib körib mevalarni tamini,SHu bog'lardan sira ketging kelmaydi.Fasillar keladi quvib bir birin, Bilolmay hayronman oltin kuz sirin, Ötmishni eslatib kelib ketadi, Umrimiz ötmoqda daryodek shoshqin.