Sevishganlar qalbin tirnagan dunyo, Yolg'izlar holini so'rmagan dunyo, Qancha Majnunlaru Farhodlar o'tdi, Mendayin oshiqni ko'rmagan dunyo. Savodoyi telbaman devonaman men, Ishqingda sarmast parvonaman men, May bering ma'shuqa mastonaman men, Mendayin oshiqni ko'rmagan dunyo. Tunu-kun yig'layman, oh uraman dod, So'zlaring, ko'zlaring isming etib yod, Ey sarvi qomatim, bil ey parizod, Mendayin oshiqni ko'rmagan dunyo. Men sensiz yashayman sen esa mensiz, Tunlari bedorman oh chekib unsiz, Qalbimda yig'laydi dardlarim sonsiz, Mendayin oshiqni ko'rmagan dunyo. Sinagin, sadoqat sabrko'ylagim, Yo'llaringni kutib qondir yuragim, Muhabbat ne kuyga soldi qaragin, Mendayin oshiqni ko'rmagan dunyo. Shu