Bizni ayirmoqchi edilar, Muhabbatni yolgon deganlar. Seni menga yomon dedilar, Meni senga yomon deganlar. Tilamadim senga yomonlik, Tilaganim edi omonlik. Qilib qo'ydi rangim somonlik, Meni senga yomon deganlar. Ishondinga sen ham ularga, Yo'l bermading soching silarga. Ko'nglimizni osdilar dorga, Meni senga yomon deganlar. Sen ketdingu shodligim ketti, Ko'zlarimni kulgu tark etti. Maqsadiga murodga yetti, Meni senga yomon deganlar. Yomon bo'lsam yomon ekanda, Ko'ngil berib chindan sevganlar. Bildim g'anim tomon ekanda, Meni senga yomon deganlar. Joy topolmay ko'ngling qasrida, Bahtim ketti bahor faslida. Meni shoir qilgan aslida, Meni senga yomon deganlar.