SEVGIMGA SAVOL::Oshiq siz uchun kim U?O'ldirsa ham o'lmaydi.Sizni sevish mumkinu,Meni sevib bo'lmaydi?.Dard to'kaman, dard yutub. Hasta ko'nglim to'lmaydi.Sizni sevish mumkinu,Meni sevib bo'lmaydi?.Tanda ilohiy titroq.Yurakkinam kemtikroq.Siz yulduzsiz, biz tuproq. Meni sevib bo'lmaydi?.Bechoraman, chorasiz.Muhabbat dilporasi.Siz dursiz, durdonasiz.Meni sevib bo'lmaydi?.Yonarman olovdaman. Qordaman, qirovdaman.Javobsiz so'rovdaman.Meni sevib bo'lmaydi?.Jonimga javob ayting.Haq uchun, savob ayting.Ayting, bir sabab ayting. Meni sevib bo'lmaydi?.Azobim ortiq meni.Hayotim tortiq meni.G'amlarga otib meni.Nechun sevib bo'lmaydi?!. . . Oshiq siz uchun kim U?O'ldirsa ham o'lmaydi.Sizni sevish mumki