Kun kelib shamollar yuzing silasa
Bilginki o‘sha kun seni o‘ylayman
Xar oqshom osmonga yulduzga qarab
Men faqat sening baxting so‘rayman
Yomg'irlar yog‘adi kuz oylarida
Yaproqlar to‘kilar baxtim singari
Bizni birga ko'rmagan fasli baxordan
Men faqat sening baxting so‘rayman
Dilingga hechqachon g‘am yo‘lamasin
Ko‘zlaring birzumham yosh ko'rmasin
Farzandlaring oyijon deb tinch qo‘ymasin
Men faqat sening baxting so‘rayman
Vaqtlar kelar qo‘lingga aso tutasan
Ko‘nglingga bir shirinso‘z davo kutasan
Olislarda bitta so‘nmas nido bo‘lasan
O‘shandaxam sening baxting so‘rayman!!!