Ko'zlarimni ko'zizga bog'lab
Jim ketmoqlik uchun keldizmi
Yuragimga sog'inch hisini
Uyg'otmoqlik uchun keldizmi
Bu ko'nglimni eritib olib
So'ng muzlatish uchun keldizmi
Ko'nglimdagi osiy sevgimni
Yo'qotmoqlik uchun keldizmi
Jim ketganda o'zizni oqlab
Aytgandirsiz keladi yoqlab
Qalbim qasrin zo'r qilib boplab
Buzib ketmoq uchun keldizmi
Ortingizdan qilmadim ig'vo
Bu ig'volar boshga bir g'avg'o
Sizningcha men yomonman go'yo
Yo bahona qilib keldizmi
Sevgi qadrin qaydan bilgaysiz
Tashna ko'ngil, ko'ngil tashnadir
Ro'ziboyning so'ngi so'zlari
Muhabbatim menga oshnadir
20.12.2021