Sochlariga qaychi tegmagan,
Muhabbatga boshin egmagan,
Yigitlarga qiyo boqmagan,
Tabiiy go'zal topaman bir kun.
Sochin o'rsa Layli hijolat,
Onasiga qilgan itoat,
Duolarim bo'lib ijobat,
Shunday go'zal topaman bir kun.
Kofta, yubka ,shimlar kiymagan,
Kibr-u havo nima bilmagan,
Mening uchun Alloh siylagan,
Jannatimni topaman bir kun.
Hovlisiga o'smalar ekkan,
Akam-ukam g'ururim degan,
Shahzodasin intizor kutgan,
Malikamni topaman bir kun.
Oppoq yuzi oydan chiroyli,
Qoshi kamon kiprigi yoyli,
Hullas kalom iymonga boyli,
Nur yuzligin topaman bir kun!!!