Men bugun armonlarim eshigin yoptim,
Sog'inch yo'llarini ko'mib tashladim.
U yerdan yurmasin hech qachon,hech kim,
Yurakdan ismingni o'yib tashladim.
Visol onlarini o'chirib vaqtdan,
Sevgi sharobini to'kib tashladim.
Yurakka sabrni so'radim xaqdan,
Sensiz yashamoqqa ko'na boshladim.
Ko'zdagi yoshlarni artdim shunchalar,
Qontalash chiziqlar qoldi ko'zimda.
Endi kunlarimda botmas kechalar,
Xatto soyang qolmas biron izimda.
Tinch qo'ydim alamni xaydab yubordim,
U sening alaming yolg'iz seniki.
Xijronning ko'zlarin o'yib yubordim,
Kutib ol hijron ham endi seniki.
Men qaddim tikladim,
Qadrim sinmagan.
Yurakka nafratni yozib o'rgatdim,
Hech qanday tuyg'uga boshin egmagan,
ALVIDO so'riga haykal o'r