Tun qoynida oylayapman jim
Naxot shuncha nozik bu ko'ngil
Kim og'ritdi xafa qildi kim
Nega buncha yig'loqisan dil?
Aytgin darding bormi bedavo
Yo suyganing chiqdi bevafo
Taskin bermas xech qaysi navo
Nega buncha yig'loqisan dil?
Yoring yolgiz tashlab ketdimi?
G'irrom o'yin boshlab ketdimi?
Ko'zlaringni yoshlab ketdimi?
Nega buncha yig'loqisan dil.
Darding aytgin olayin o'zim
Xudoyimdan so'rayin o'zim
Kel o'rningga yig'lasin ko'zim
Bo'ldi endi yig'lamagin dil...?
Senga bo'lgan sog'inchimni guvohi osmon.
Yuragim zorini tinglaydi ummon.
Ismingni yuragim takrorlaydi hamon.
Men seni sog'indim, sog'indim har on.
Senga bo'lgan mehrim osmondek cheksiz.
Sensiz quyosh ham men uchun nursiz.
Sensiz ojizman so'zlolmay tilsiz.
Men seni sog'indim, sog'indim so'zsiz.
O'zgaga boqsam senda hayolim.
Sen tunda porlagan jilvali oyim.
Senga oliy baht bersin hudoyim.
Men seni sog'indim sog'inaman doim.
Yuragim ishqingda bo'lmoqda ado.
Qalbim faqat sening ko'nglingga shaydo,
o'zim shox bolsam ham sensiz gado.
Men seni sog'indim sog`inaman tanho!