Yiqilsang turib kiyimingni qoq
Dunyoga teran nigohingla boq
Ko'ngilga umidlar o'chog'ini yoq
Xali xammasi, oldinda do'stim
Xayot ko'chasida adashma-sinma
Mexnat qil, bel-bog'la,lek bir zum tinma
Cho'ntaging bo'shab qolsa siqilma
Xali xammasi, oldinda do'stim
Turmushu-tarzingni bir ramkaga sol
Biznes so'qmog'iga ot-aravangni sol
Eng og'ir kuningdan mativatsiya ol
Xali xammasi, oldinda do'stim
Biznes qil savdo qil lek nimadur qil
Yumshoq to'shaklar seni etar sil
Qalb o'zi eng yaxshi navigator bil
Xali xammasi, oldinda do'stim
Ming yilda bir buyuk tug'ulgan inson
Aslida shu buyuk aslida sensan
So'zimni anglasang agar tushunsdang
Xali xammasi, oldinda do'stim
Yiqilsang turib kiyimingni qoq