<b>Yonding - falaklarga o‘rladi tutun,
Kuyding - quyun bo‘lib o‘ynadi kukun,
Dilingdan aritib samoning yukin,
Yukun, faqat uning o‘ziga yukun,
Undan o‘zga seni seva olmaydi!
Arshidan soyangga nurlar quyilar,
Tegrangda malaklar g‘uj-g‘uj uyilar,
Har neki hasrating mayda tuyular,
Tuyilar, dardlaring qayta tuyilar,
Undan o‘zga seni seva olmaydi!
O’sha - seni zarra-zarralab yig‘gan,
Erkalab kiftiga ham olib chiqqan,
Poyingga Iblisni bandilab yiqqan,
Yuqqan, undan senga muhabbat yuqqan,
Undan o‘zga seni seva olmaydi!
Mayliga o‘zingni girdobga otgil,
Mayliga olovga chirmashib yotgil,
Har neki ma’dan bor - qalbingga qotgil,
Bot gil bo‘lajaksan, bilib qo‘y, bot gil,
Undan o‘zga seni seva olmaydi!
Hamma afsonaga aylanish uchun olamdan o'tish kerak deb hisoblaydi.Men bu fikrga qo'shilmayman.
Axir men tirikmanku!
Demak men tirik afsonaman!
Bilasizmi yaqinda turmush o'rtog'imning tug'ulgan kuniga nima sovg'a qildim?
Hech narsa!
Sababi bizda Zlatan bor!
Zlatan Ibrahimovich
HAR KUNLIK TANISH
Men sizni har kuni ko‘raman, har kun
Ko‘chada, metroda, va xatto ishda.
Siz kezib yurasiz yilning har fasli,
Yozda ham o‘shasiz, o‘shasiz qishda...
Nikohlab olgansiz go‘yo dunyoni,
Uning lablaridan bo‘sa olasiz.
Zarracha dunyongiz ketsa gar tashlab
Shaytonlab qolasiz, yig‘lab qolasiz.
Biz bildik, angladik- dunyo - bevafo,
Siz muncha dunyoga haris bo‘lasiz?!
Hech kimsa fanoda qolmas bebaqo,
Axir siz ham bir kun yig‘lab o‘lasiz...
Ayting, yashab-yashab topdingiz nima,
Qanday mavqelarga erishdingiz siz?!
Qiziq, malakul mavt kelgan kechada
Hayotdan xo‘prizo, kerishdingiz siz...
Siz o‘zi qandayin odamsiz ayting,
Nimaga bunchalar hotirjamdirsiz?!
Go‘yoki do‘zaxdan ozod etilg
Ko'ksimdan sidirib tashladim muzni,
Yolg'iz yashamoqqa yaratdim imkon.
Bag'ringga yashirib qo'ydim bir qizni,
Sen uni hech kimga berma dunyojon.
Unamadim,yolg'on rastang sayliga,
Yurmadim,quvmadim omad izidan.
Shu oqshom bo'g'ilib o'lsam mayliga
Tunda o'g'irlangan,sochlar isidan.
Asra uni dunyo,ro'yolaringdan,
Ko'ksini har kimga ochiq qoldirma
Mening hayotimni kul aylasang ham
Uning orzusini o'tda yondirma
Menku...
Har yurakka g'am bo'lib kirgan,
Har qadamda gunoh,bo'lib cho'kkanman
Nursiz dil yonida,soyadek yurgan
Hissiz dil qoshida,ko'z yosh to'kkanman
Sen uni avayla-
Umrning g'ami,
Og'irlik qilmasin kipriklariga
Yo'lini to'sginu,borma qo'ygani
Hayotning qaltis,qil ko'priklariga.
Mayl
Jim deding,jim deding,jim bo'ldim-
Men endi jimman,endi osmoningda oftob bo'kirar
Ket deding,men ketdim-mayli men yo'qman
Endi nursiz qalbing,mo'ltirab turar.
Qo'y deding,qo'y deding bu ishqni-cho'kdi sukunat
Shu ondan bulutlar,tutdilar motam
Kul deding,qani bir qo'yib yig'ini
Labimni qitiqladi,achchiq bir sho'r tam
Ko'm deding,men ko'mdim,tuproq qariga
Bedor tuyg'ularga yasadim qafas
Ko'n deding,men ko'ndim endi bariga
Faqat o'z shartingga ko'na olsang bas