O'lsam janozamni bulbul o'qisin,quyib o'tgan umrim sharxini aytsin,bardoshim haqida ashxor to'qisin,mendan norozilar fikridan qaytsin.O'lsam janozamni bulbul o'qisi,aytolmay qolganim desin ollohga,salovatlar aytsin to'plab bor kuchin,bilmagan bilganim desin ollohga.O'lsam olov tanam muz bilan yuving,toki kafanlarim ketmasin kuyib,yuvgach yuragimga parcha muz qo'ying.boray huzuriga ozgina sovib.O'lsam kafanimni bulitdan qiling,yomg'irga aylansin yonsam qabirda,qabrimni qaytsangiz sal kengroq oling,gunohkor bandaga tor go'r jabirda.O'lsam chinor eking qabrim boshiga,toki soyasida tilovat o'qiy,cho'milib yashadim ko'zim yoshiga,yig'lamang siz faqat salovat o'qing.O'lsam oyoq tomon o'ng tomonimg