Zulayxoning ko'zlari.
Ko'rmagandim jayronda
Yo dengiz yo ummonda.
Qoldirdiku hayronda,
Zulayxoning ko'zlari.
Oromimni olgan ham,
Xayolimda qolgan ham.
Hayajonga solgan ham
Zulayxoning ko'zlari.
Aylanib tashvishimga,
Keltirmaydi hushimga.
Kirib chiqar tushimga
Zulayxoning ko'zlari.
Birda mehr bordayin
Birda sehr bordayin.
Qirq bir makr bordayin
Zulayxoning ko'zlari.
Kiprigining ostida
Majnun bo'ldim dastida.
Shirin jonim qastdida
Zulayxoning ko'zlari.
Kelolmayman o'zimga
Ishonmaysiz so'zimga.
Uyqu bermas ko'zimga
Zulayxoning ko'zlari.
Musulmon Turdiyev.