Meni sog'inasiz hech kimga aytmay, Ko'ksingizni chirmab oladi qayg'u. Do'zaxga o'xshaydi negadir hopgoh, Kutasiz...Kelmaydi haloskor uyqu. Sog'ini-ib ketasiz, yig'laysiz beun, Qaytarmoq bo'lasiz hotiralarni. Kezinaverasiz...Topolmaysiz lek, Ishqimizdan qolgan hosilalarni. Hayol kitobiga sho'ng'ib ketasiz, Nigohingiz izlar mening mehrimni. Siymosini topib...O'pgingiz kelar, Sizdan afsuslangan o'ksik sehrimni. Qayta qolsa kech...yoki ertaga, Negadir bugundan ketgingiz kelar.Ishqning tashrifidan shoshgan hislarni, Menga qayta hadya etgingiz kelar. Ammo...Bilmaysizki endi kechligin, Ko'ksimni osmonga bog'lab ketganim. Turnalar yo'lini tariqat aylab, G'aribo ko'nglimni chog'lab ketganim. Ruhingiz