G'aflat botqog'iga botayotganlar,
O'z do'stin qonini totayotganlar.
Ming afsus har erda kupayib ketdi,
Vijdonini pulga sotayotganlar.
Tilanib uchragan shohu,gadodan,
Foydalanar dusti qilgan hatodan.
Ayting, qo'rqmaysizmi Qodir HUDODAN,
Vijdonini pulga sotayotganlar.
Kim arzi holini dil bilan ulchar,
Kim gulzor dardini, gul bilan o'lchar.
Odamning qadrini ,pul bilan o'lchar,
Vijdonini pulga sotayotganlar.
Firibgar, gazanda,ablahdir ular,
Uchragan do'stu, dushmanni shilar.
Eng yaqin ,do'stini sotib pul qilar,
Vijdonini pulga sotayotganlar.
Bizga nazar qilmang, ne bo'lar bizga?
Hatolar ilashar har bosgan izga.
Yaratgandan insof so'rauman sizga,
ViJDONiNi PULGA sotayotganlar.