Sog'indim men o'sha baxtli kunlarni
Sizni o'ylab o'tgan bedor tunlarni.
Sog'indim. sog'inchim ortiq aytolmam
Afsus, yoningizga endi qaytolmam.
Sog'indim. Sog'inchdan g'ururim ustun
G'urur sevgimizga yasadi yakun.
Bilaman Siz-da meni sog'inmoqdasiz
Dil to'lib, yig'lolmay, o'rtanmoqdasiz.
Sog'indim. Bir bora yuzingiz ko'rsam,
bir jur'at bo'lsa-yu, holingiz so'rsam.
Lek g'urur qurg'urim aslo yo'l qo'ymas
Sevinib sevishga bir imkon bermas.
Sog'indim. Sog'inchim kimga aytayin?
Unutdim deb endi qanday qaytayin?
Qandayin aytayin Sizga sog'inchim,
Juda sog'inyapman Sizni sog'inchim.
Sog'indim. sog'inchli shirin gaplarni
Sog'inib o'qiyman eski xatlarni.
Siz yozgan xatlardan Sizni izlayman
Afsus-l