Love me. If you con. Yo'q endi ko'nglingdan chiqaraolmaysan. Umringda Quyoshday porlayveraman. Ming yillar qariga ketganingda ham. Men sizni samodek chorlayveraman. Ismingni tonglarga yozaman maqtab. G'unchalar bargida uxlayveraman. Yo'q baxting meningsiz bo'lolmas tugal. Men sizni har lahza yo'qlayveraman. Otashman, Dengizman, Samoman, Nurman. Jismu jahoningni o'rtayveraman. Ayt qanday topasan, qochmoqqa imkon. Men sizni xudodan so'rayveraman. Men so'ngi tomchiman. So'ngi najot. Faqat sen ichkin deb qistayveraman. Yo'llarimda qoldi, eng so'ngi hayot. O'lsamham ishqingni istayveraman.
Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Комментарии 2