Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Qaniydi Tabiat qo'lidan kelsa
Abadiy etolsa sizni umringiz
Rozi edim Onajon iloji bo'lsa
Sizga qo'shib bersa mening umrimni...!
Bir kechalik Alla hurmati uchun
Yuz yillik umrim bag'ishlasam kam
Ko'chirsam qalblarga qalblarning kuchin
Qarzim uzilmasdan qolur shunda xam...!
Onajon gar bo'lsaydim zo'r xaykaltarosh
Sizga yuragimdan yasardim xaykal
Yo agar bo'lsaydim mo'yqalam naqqosh
Sur'atiz chizardim berib ming sayqal...!
Onajon oralab qolibdi sochlarizga oq
Oling meni sochlarim qoralarini
Tishlariz tushibdi xo'rsinmang biroq
Oling mening tishlarim saralarini...!
Xiralashib qolmish ko'zlarizda Nur
Ko'zlarim nurini oling Onajon
Roziman xizmatiz qilsam bir umr
Yuragim qo'rini