Onam mehri yetib ortadi
Nima kere dõstning oh vohi
Bir kun kelib yordam sõrasen
Kõrmaslikka oladi gohi
Onam mehri yetib ortadi
Kerak emas soxta kalomlar
Bir bor ''QiziM''desa yetadi
Kerak emas õzgacha nomlar
Onam mehri yetib ortadi
Sevganimmi daldasi shartmas
U ham bir kun ortga qaytadi
Kutmayman ham qaytmasa qaytmas.
Onam mehri yetib ortadi
Butun dunyo shafqat qilmasin
Bir bor boshim silasa bas
Mayli dushman yaram tirnasin.
Onam mehri yetib ortadi
Ey yoronlar sizdan kutmayman
Onam borki yuragim butun
Ul zot borki alam yutmayman
Onam mehri yetib ortadi
Qolganlar bir kuni minnat qilar
Shuning uchun menga topilmas
Onamdanda qadri qimmatlar.
MEHRIBON KÔRSATMA ÕZINGNI
Men uchun namlama kõzingni