OTAM KETTI!!!
Xalq boshidan soya ketgan ko'zmu bu Rabb!
Yolg'on desam Nahotki rost so'zmu bu Rabb!
Uzun uzun ohlar ko'kga o'rlanadi,
Xalq Otasin umri Shuncha ozmu bu Rabb!
Yetmish ikki tomirlarga motam yetti,
Xalq boshidan Xaq qoshiga Otam ketti!
Butun elni yig'latgan kun qandayin kun,
Shum xabardan butun boshli millat mag'zun,
Yurtim deya Xalqim deya qayg'urib bir,
Qayg'urmabdi Otajonim o'zi uchun,
Olam ichra qandayin bir olam ketti!
Xalq boshidan Xaq qoshiga Otam ketti!
Garchi ajal o'z mo'ljali be omondur,
Endi diydor Otam bilan ming Armondir!
Cho'lponlarni boy bergani yetmasmidi,
O'zbek uchun buncha qattiq imtihondur!
Chorak asr yurt to'yiga alam yetti!
X