Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Orzu qilib to'yimizni ko'rolmagan.
Ulg'aytirb bo'yimizni ko'rolmagan.
Qancha odam kelgan to'yga kelolmagan.
Mexribonim azizginam ONAJONIM.
Bugun to'ydir o'z-o'zimga so'zlayapman.
Birov bilmas ich-ichimdan bo'zlayapman.
Siz yo'qsiz-u lekin sizni izlayapman.
Joylaringiz bilindi ko'p ONAJONIM.
Yonimda yo'q naxot endi bilolmaysiz.
Duo qilib oq fotixa berolmaysiz.
Shu damlarda naxot boshim silolmaysiz.
Qo'lim yetmas osmonginam ONAJONIM...
Uylarimiz to'lmish mana mexmonlarga.
Yurak esa to'lib bo'ldi armonlarga.
Boraymi yo ONAJON siz tomonlarga.
Meni mangu armonginam ONAJONIM...
Ana OTAM sochidagi oqi bo'ldim.
Munis singlim ko'nglidagi oxi bo'ldim.