Onam hoji bo'lsa arziydi Bu tilagim hammangizga yod Erishsam gar g'amim ariydi Hojilikka munosib nomzod Onam hoji bo'lsa arziydi Shu kungacha qo'limdan tutdi Sho'xlik qilsam gap so'zni yutdi Bu kunlarni qanchalar kutdi Onam hoji bo'lsa arziydi Hayotimga nazar qilaman Yoshlik qilib bag'rin tilaman Shubhasi yo'q aniq bilaman Onam hoji bo'lsa arziydi Tan olmadim o'zga ilohni Bandasiman qodir Allohni Tavob qilib kabatullohni Onam hoji bo'lsa arziydi Manzil tomon uzoq yo'l kechib Yo'llarida tugunin yechib To'yib to'yib zam zam suv ichib Onam hoji bo'lsa arziydi Poyi jannat osmonda oyim Qabul bo'lsin qilgan duoyim Madinaga borar iloyim Onam hoji bo'lsa arziydi Kuz