Qanday unutaman?
Qanday unutaman?...oʻrgatgin, mayli,
Toabat yoʻq boʻlib ketaman issiz.
Senga bergan va'dam, ahdim tufayli,
Ketaman, jimgina yashaysan mensiz?
Qanday unutaman koʻzlaringni yor?
Bir zamon mehr-la termular edi.
Ahir oʻsha paytlar edik baxtiyor,
Bugun arazlashga sabab ne endi!
Qanday unutaman kulgularingni?
Begʻubor tabassum yana kimda bor?
Oʻyinchoq qilding-mi tuygʻularimni?
Bermading, lek oʻzing kutding e'tibor!
Qanday unutaman shirin soʻzlaring?
Nahotki, men tomon aytilmas endi?
Mendan komil, yetuk inson izlading,
Telbani yaratding, holim koʻr endi!
Qanday unutaman qandayin aytgin?
Seni sevmaslikka sababni koʻrsat!
Agar qayta olsang yonimga qaytgin,
Sendan oʻzgasini sev