Toshdan ham qattiq der yigitlik noni. Taqdirda bo'lmasa sabrlik oni, ming bir azobga qolganda joni. Ko'ngilga suyanib erkak yig'laydi. Yomonin tanlasa halol turganda, navqiron yoshligin uvol qilganda. Qirq do'sti bo'lmasa qirqqa kirganda, chin dildan o'rtanib erkak yig'laydi.Do'sti sotib ketsa og'ir kunida, dardkashi bo'lmasa aslo yonida omadi chopmasa ish maydonida, bir chetda o'tirib erkak yig'laydi...