Yuragim yeg'laydi, dil to'la armon,
Ko'zlarim yo'ldayu hayol parishon.
Bir savol qalbimni qiynaydi chunon,
Hayotim oddiy bir o'yinmi ayting..?
Sevilmoq shunchalar qiyinmi ayting..?
Sevdimu sevilmoq nasib qilmadi,
Ishonib sevganim qadrim bilmadi,
Bu hijron azobi qalbim tirnadi,
Hayotim oddiy bir o'yinmi ayting..?
Sevilmoq shunchalar qiyinmi ayting..?
G'am alam anduhdan bukildi jussam,
Har chekkan ohimda azob mujassam,
Axir boshqalardan mening nimam kam,
Hayotim oddiy bir o'yinmi ayting..?
Sevilmoq shunchalar qiyinmi ayting..?
Sevgiga ishonib yurgandim axir,
Tuyg'ular chin deya sevgandim axir,
Nima xam qilardim shu ekan taqdir,
Hayotim oddiy bir o'yinmi ayting..?
Sevil