Dardu hasrat yer ekan ko'ngil to'rini, Ko'z yoshing yuvmaydi zamin sho'rini, Bazan murda ham topolmay qoladikan go'rini, Yo'qchilik yiqitar yigit zo'rini. So'zing ham o'tmay qolarkan goh, Goxida oshno og'ayni seni ko'rgan chog', Qani ishongan bog' suyangan tog', Yo'qchilik yiqitar yigit zo'rini. Tashvishlar o'reydi to'rt tomoningdan, Tosh chiqaveradi yegan noningdan, O'zingnikilaram o'tkazib yuboradi joningdan, Yo'qchilik yiqitar yigit zo'rini. Omad yo'q atalaga ham o'tmaydi tishing, Yo'qlab kelmas ekan bir yaqin kishing, Nomardu pastkashlarga tushadi ishing, Yo'qchiliq yiqitar yigit zo'rini.