KO’Z YOSHI
Tafakkur, zikr, Allohdan qo’rquv tufayli, xato, gunoh va isyonlar uchun to’kilgan bir tomchi ko’z yoshining inson qalbiga naqadar muhabbat, hayajon va nurli bir halayon bеrishi faqat qalb ahligagina ma'lum... Bulbuldan so’rang gulning ishqini... Bu savdo va bu ishq bo’lmasa, nozli bulbul butun vujudi bilan kuylay olarmidi?! Inson bulbul misoli ishqli va savdolidir. Allohga, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga,
valiy, olim va shahidlarga muhabbati bor. Allohning rahmatini umid qilib, azobidan qo’rqadi. Nafs va shayton kabi, adashgan va shafqatsiz dushmanlar har on uni zalolat va otash tomon tortadilar. Inson ojizligini va Rabbiga sig’inishini ko’z yoshlari bilan ifoda qiladi.