Kimgadir borligim o'zi biir dunyo, Suratim avaylab yurakga ildi. Kimgadir aksincha keldimmi malol, Ertadan kechgacha g'iybatim qildi. Yana kim sog'indi har on intizor, Har kecha tushlarin mehmoni o'zim. Alla kim haydadi kechdilar shunday, Shunchaki unitdi yoshlatib ko'zim. Har kuni yo'qladi yiroqdan kimdir, Yonimda yashadi kimdir behabar. Kimgadir yoqmadim, kimgadir yoqdim, Kim shirin bol tutdi, kim tutdi zaxar. Kim shodlik ulashdi g'amlar haqqiga, Borimni ol deya kamlar haqqiga. Alla kim yashadi xayotdan sarhush, Men chekgan azoblar, namlar haqqiga. Kim bahtim tiladi tong otmay turib, Ko'nglimni bog'iga gul ekib ketdi. Yo'limga tuzoqlar qo'yib kim birov, Ko'rgan xar kunimga pushaymon qildi.