Qõnğiroqlar qilasiz xatto, Goh ón ikki, goh bir yarimda. Lichkagayam yozasiz ammo, Kórinmaysiz komentlarimda. "Mehmon" bólib ketishingiz rost, Sózlaringiz chin muhlisga xos, She'rlarimga bosasiz "klass", Kórinmaysiz komentlarimda. "Baham kórib" har bir qaydimni Yoqtirasiz yozgan baytimni, Ammo xayron qoldirib meni, Kórinmaysiz komentlarimda. Kóngil tólmas "klass" tólsayam, Tuyuladi yana nedir kam, Xech yóq kóngil uchun bólsayam, Kórinmaysiz komentlarimda. Órningiz xóp bólakcha sizni, Suratlari chiroyli qizni, Boshqalardan uyolasizmi, Kórinmaysiz komentlarimda. Lekin dóstmiz ósha-óshamiz, Xar satrga mehr qóshamiz, Yaxshisi bir telefonlashamiz, Yozmasangiz komentlarimga