Bir kun kelib dunyodan o'tsam,
Orom olsa bu yurak bebosh.
Qabrim uzra boshingni egib,
Begim deya to'ksang tomchi yosh.
Keyin esa tiz cho'kib sekin,
Esla bahtli o'tgan kunlarni. Va bag'rimga qo'ygin ohista,
Qo'lingdagi qizil gullarni.
Iltimosim ketmagin bir zum,
Yana bir oz qolgin yonimda.
Uzatsamda yetmas qo'llarim,
Sevar edim seni jonimdan. Men hozir ham derman bir seni,
Faqat tanam tuproqlarga yor.
Afsus, Jonim bila olmaysan,
Nigohingga bo'lganimni zor
Taqdir bizni uchrashtirmadi,
Hijron esa azobga soldi. Bir ko'rmoqlik etmadi nasib,
Sen kelguncha jonimni oldi.
Bir kun kelib dunyodan o'tsam,
Orom olsa bu yurak bebosh.
Qabrim uzra boshingni egib,
Begim deya to'ksang tomchi yosh.
Keyin esa tiz cho'kib sekin,
Esla bahtli o'tgan kunlarni. Va bag'rimga qo'ygin ohista,
Qo'lingdagi qizil gullarni.
Iltimosim ketmagin bir zum,
Yana bir oz qolgin yonimda.
Uzatsamda yetmas qo'llarim,
Sevar edim seni jonimdan. Men hozir ham derman bir seni,
Faqat tanam tuproqlarga yor.
Afsus, Jonim bila olmaysan,
Nigohingga bo'lganimni zor
Taqdir bizni uchrashtirmadi,
Hijron esa azobga soldi. Bir ko'rmoqlik etmadi nasib,
Sen kelguncha jonimni oldi.