♡♡♡ Sensiz qorong"u ♡♡♡
Qorong'u kechada sukunat cho'kkan
Lekin o"zgarmagan uning chiroyi
Tunni zulmat qurshab olgani bilan
Uni yoritadi osmonda oyi
Qorong'u ko"nglim ! Necha kundirki
Yuragim egasi xabar olmaydi
Ko'nglim tomon yo'lni unutgan balki
Lek yurak, bekasin unutolmaydi
Qorong'u xonada qayg'u hukumron
Har narsa har yerda to"zib yotipti
Yorining yo'liga ko'z tikib hamon
Erkin sog"inchli she'r yozib yotipti
Baxlilardan baxtli sanalar samo
Havasdaman, uni tark etmas oyi
Xonagaku chiroq yoqarman ammo
Usiz yorishmaydi ko'nglim saroyi
28.11.2018
_-"-_-"-_-"-_-"-_-"-_ ErKiN
Barcha munis va mo'tabar onaxonlar va opa singillarimizni ulug' ayyom ; halqaro xotin - qizlar bayrami bilan chin yurakdan tabriklayman ! Ayol bu - opa , singil , amma, xola, suyikli yor va eng muhimi mehribon ONADIR . Sizlar borsiz xonadonimiz fayzli , ro'zg'orimiz sarishta , kiyimlarimiz toza ozoda , umuman olganda ayol farishta . Sizlar borsiz biz mehirga zormasmiz chunki mehribonsizlar . Onajonim va opa - singillar uchun boshim yerga tekkuncha tazimdaman !!!
Hech etibor berganmisiz jim hayol surayotgan inson yuzida bazan beixtiyor tabassum paydo bo'ladi. O'sha paytda u yaqinlarini o'ylayotgan yoki yaxshi kunlari hayol qilayotgan yo bo'masam sevgan insoni haqida hayol surayotgan bo'larkan ! Mening ham yuzimdagi tabassumimni sababchisi sizni juda sog'indim !!!