Bir kun malikaga o'xshab qolaman, Gul qadalgan oppoq libos olaman, Muzdek yuraklarga o'tlar solaman, Men baxtli bo'laman, ishonavering. Bir kun ko'z o'ngimda gullaydi bahor, Oyqizlar tepramda aytishar yor- yor, Menga gullar tutar meni suygan yor, Men baxtli bo'laman, ishonavering... Bir kun mahkam quchib Dadam bo'yini, Onamga tutqazib erka kuynimni, Yig'lab tark etsam-da ota uyimni, Men baxtli bo'laman, ishonavering... Bir kun barham topib agar... agarlar, Hovliga to'ladi misli askarlar --- Ayam orzu qilgan kuyovnavkarlar, Men baxtli bo'laman, ishonavering... Bir kuni yor-yorga to'lar samolar, Yo'limda tutashar ko'kka olovlar, Bobom va buvimdan olib duolar, Men baxtli bo'laman ishonavering..