Bugun mendek oshiqdan kechib
O'zga bilan ko'ngling ham to'lar
Biz so'zimni qo'yma unutib
Qayt deysanu afsus kech bo'lar
Kelarsanu qalbim axtarib
Pok sevgimni topa olmaysan
Senga bo'lgan nafratim ko'rib
Kechirgin, ham deya olmaysan
Yashayapsan meni xor etib,
Qismatimda baxt kulmasmikan,
Kunlar o'tib qadrimga yetib,
Qaytganingda kech bo'lmasmikan.
Qo'l siltabsan hayotimga xam,
Aslidaku men undan to'ydim,
Yosh boshimga solib ko'p alam,
Nega faqat o'zingni suydim.
Xech sog'inib ko'rganmisan ayt,
Menga azob beradi buncha,
Yetar shuncha yurganlaring, qayt!
Vafodoring bo'lay o'lguncha.
Yashayapsan meni xor etib,
Qismatimda baxt kulmasmikan,
Kunlar o'tib qadrimga yetib,
Qaytganingda kech bo'lmasmikan