DO'ST QADRI Asran ey xasad degan balodan, Xasadgo'y qondoshdan, bedil jonondan, Bir chin do'st avzal mingta oshnodan, Tangrim yomonlarga yor etma, Do'stga zor, dushmanga xor etma. Yuksalsam soyamni sizlaguvchi ko'p, Xizmatda yosh-qari, tilda xo'p-xo'p, Lek solmoqqa tayyor ular ko'zga cho'q, Atrofim kalxatu, sor etma. Do'stga zor, dushmanga xor etma. Baxt tilarman avval og'a-inimga, Shon-shuhrati omon og'a-inimga, Dard berib bemahal og'a-inimga, Do'st korida sochim qor etma, Do'stga zor, dushmanga xor etma. Asra qadrin bilmas do'sti-g'o'radan, Mansab uchun otasin sotar to'radan, Asra yovga jo'ra bo'lgan jo'radan, Ko'zga keng dunyoni tor etma, Do'stga zor, dushmang