Alhamdulillah... Allohimga cheksiz hamdu sanolar, Payg‘ambarimizga salovatlar bo‘lsin. 1.02.2024-yil 3-bor ona bo‘ldim. Allohim bizni yana bir bor o‘g‘il farzand bilan siyladi. Alhamdulillah Ming shukur! MuhammadYusufim ismingga mos yigit bo‘lib yetishgin. Opang va akangdek ko‘zlarimizni quvnatib yurgin, ilohim. Barchasi uchun Alhamdulillah, minnatdorman Allohim!
#Bismillah ... shu kunlarda hayotimda bo‘layotgan voqealardan shuni angladimki , inson juda juda, juda ham ojiz ekan. O‘zimizcha hamma narsa qo‘limizdan keladi, deb o‘ylaymiz. Yo‘o‘o‘o‘o‘o‘q! Bizi qo‘limizdan kelishiga sabab shu taqdirimizga bitilgani ekan. Inson shunchalar ojizki, bir qadam tashlolmaydi, nafas ololmaydi... Buyuk boshqaruvchi tamonidan har bir soniyamizgacha o‘lchab qo‘yilgan, tartibga solingan. Lekin buni hamma ham his qilmaydi. Qilolmaydi. His qilgan kamchilik esa, shukr va sabr bilan, ertasini kutadi. Hech bir kun yo‘qki, o‘tmagan... Hech bir dard yo‘qki, tugamagan... Hamma narsani davosi vaqt... O‘lim... hatto o‘lim ham bir necha soniyada bo‘lib o‘tadigan jarayon.