Qiz bola-oila,millatning yuzi,
Dars bo'lsin otaning birgina so'zi.
G'aflatda qolmasin onaning ko'zi,
Ko'chaga o'rganib qolmasin qizlar!
Nojuya bo'lmasin bosgan qadami.
Bexuda o'tmasin hech biror dami
Onadir qizning yaqin odami.
Ko'chaga o'rganib qolmasin qizlar!
Mayli,tanimasin yetti mahalla
Yumush-la ovunsin zerikkan palla.
Ovozi chiqmasin zinhor baralla
Ko'chaga o'rganib qolmasin qizlar!
Katta oldida o'zini tutib,
Nokerak so'zlarni ichiga yutib.
Aslo gap "sotmasin" otadan o'tib
Ko'chaga o'rganib qolmasin qizlar!
Aka-yu ukasin ori bo'lur-qiz,
Yoxud bo'ynidagi dori bo'lur-
Qiz kun kelib kimningdur yori bo'lur-
Qiz.Ko'chaga o'rganib qolmasin qizlar!
Olifta kiyinib,to'yma to'y yurib,
Ba'zi