Aybim shuki do'st deb barchani, Quvonchimga sherik qilganman. Sinab ko'rmay dardimni aytib, Dushmanimni do'st deb bilganman. Aybim shuki rost gapirganman, Do'stimga ham dushmanimga ham. Sherik bo'ldim o'zga dardiga, O'z dardimga topmadim malham. Aybim shuki bo'yin egmadim, Vijdonimga qo'yib garovga. Mag'rur yashab qaram bo'lmadim, Soxta obro' izlab birovga. Aybim shuki boylik yig'madim, Farzandimni dedim tillodan. Yomonlikka yaxshilik qildim, Kulfatimni ko'rdim Xudodan...