Mayli dedim tinglama meni,
Mayli boshqa o'ylama meni
.Faqat o'tsang xayollarimdan
,Ko'rgim kelar baribir seni.
Baxt tilayman o'zgani sevsang,
Ammo bir zum unutma meni.
Visol chog'i sevgan yoringni,
Sochin silab eslab qo'y meni
.Hayotingdan baxting kulganda,
Mening esa baxtim so'nganda.
O'shal yoring mudom kulganda
,Unga boqib eslab qo'y meni
.Bilib qo'ygin inson yo'q dardsiz
,Hisoblama o'zingni baxtsiz
.Najot so'ra Allohdan cheksiz,
O'shal damda eslab qo'y meni.
Bir kun suyib murg'ak o'g'lingni
,Ismim qo'ygin qaro ko'zinga.
O'g'ling yuzin bosib yuzinga
,O'shal damda eslab qo'y meni...