Tobutimni qölingizdan yerga qöymang, To qabrimga yetib boring sabr qiling, Orom olay qölingizda yerga qöymang, Yetib keldik manzil tayin sekin qöying. Bugun ölsam jigarlarim suyindilar, Bir dardisar bekorlardan qutildilar, Tug'ilganda qölingizdan qöymadingiz, Erta öldim xech jonimga achinmadiz. Onajonim jonsiz sochim silamang xech, Endi siltab köksim nimtab yig'lamang xech, Endi aytmang, Bolaginam jonim demang, Bir iltimos tobutimni yerga qöymang. Sevar yorim senga baxtlar tilab ketdim, Balkim bugun öz boshimga tayin yetdim, Tuproq sanab jimib endi yig'lama xech, Qabrim quchib sog'indim deb kuyunma... kech! Ishonsangiz töyib ketdim yonib ketdim, Yoningizdan mehr izlab kuyib ketdim, Yig'lab