Ayol bardoshli bo'lgani bilan uning ko'ngli juda zaif bo'ladi. Erkak
uchun arzimagan bir so'z ayol qalbini vayron qilib tashlashi hech gap emas. Albatta ayol indamaydi, chidaydi, sabr qiladi, lekin yillar
o'tib ko'zlari muhabbatga to'lib baxtidan quvonib yashayotgan ayol, asta-sekin ko'ngli zarba va alamlarga to'lib ketgan nigohi so'ngan ayolga aylanib borishi yonidagi turmush o'rtog'ini ajablantiradi. Erkak tushunmaydi, "bolalari sog'- salomat", "oila but", "hamma narsa yetarli", lekin ayoli so'ngan, arzimagan narsaga asabiylashgan, er-xotin orasida sovuqchilik o'sib bormoqda. Erkakni jahli chiqishi tabiiy, axir shuncha yil birga bo'lib, birga farzandlar katta qilib, shuncha to'sqinliklar