"Meni yolg'iz qöying döstlarim,
Charchaganman orom olayin,
Bugun menga kerakmas hech kim,
Özim bilan özim qolayin!
Istamayman bezovta qilmang,
Mensiz ötsin buguncha gurung,
Bir kungina qoshimga kelmang,
Bir kungina chaqirmay turing!
Toliqqanman tekkundek jonga,
Ulfat töyu tomoshalardan,
Charchaganman meni mehmonga,
Chaqirguvchi oshinolardan!
Qo'ying bugun qolay gashtakdan,
Bölolmasman siz bilan birga,
Baribir men yayrab yurakdan,
Kulolmasman siz bilan birga!
Bugun menga sukunat kerak,
Sukunatki yöqlik qadar tinch,
Faqat jimlik tilaydi yurak,
Sizdan bugun birgina ötinch.
Yolg'iz qo'ying meni döstlarim,
Charchaganman orom olayin,
Bugun menga kerakmas hech kim,
Özim bilan