Kimgadir borligim o'zi bir dunyo, suratim avaylab yurakka ildi.
Kimgadir aksincha keldimmi malol, ertadan kechkacha g'iybatim qildi.
Yana kim sog'indi har on intizor, xar kecha tushlari mehmoni o'zim.
Allakim haydadi kechdilar shunday, shunchaki unutdi yoshlatib ko'zim.
Har kun yo'qladi yiroqdankimdir, yonimda yashadi kimdir behabar.
Kimgadir yoqmadim kimgadir yoqdim, kim shirin bol tutdi kim tutdi zahar.
Kim shodlik ulashdi g'amlar haqqiga, borimni ol deya kamlar haqqiga.
Allakim yashadi hayotdan sarxush, men chekkan azoblar, namlar haqqiga.
Kim baxtim tiladi tong otmay turib, ko'nglimning bog'iga gul ekib ketdi.
Yo'limga tuzoqlar qo'yib kim birov, ko'rgan har kunimga pushaymon etd