Gulim, seni sochingdan
silab,
Qo`llaringdan tutgim
keladi.
So`ng yulduzlar
guvohligida,
Lablaringdan o`pgim
keladi.
Nozlaring ham dilimga
yoqar,
Sen tomonga o`tgim keladi.
Seni asta bag`rimga bosib,
Lablaringdan o`pgim
keladi.
Sen ketasan menga
beparvo,
Yo`llaringdan kutgim
keladi.
Dilga tanho farishta o`zing,
Lablaringdan o`pgim
keladi.
Yuragingga quloq tutsam
gar,
Faqat mening ismim keladi.
Tunlar oyning guvohligida,
Lablaringdan o`pgim
keladi.
Joylashtirdi :