Bir kuni boy kishi farzandiga kambag‘allikda yashash qanday bo‘lishini ko‘rsatmoqchi bo‘libdi. Uni chekka bir qishloqqa olib borib, u yerda bir necha muddat birga yashashibdi. Keyin uyga qaytishgach, ota o‘g‘lidan so‘rabdi:
–Xo‘sh o‘g‘lim, kambag‘allikda yashash nima ekanligini tushunasanmi?
–Ha ota!
–Bizning sayohatimiz senga nimadir o‘rgatdimi?
–Juda ko‘p narsa o‘rgatdi...
–Masalan nima o‘rganding?
–Men ulardek yaxshi va boy insonlarni hali uchratmaganimni tushundim!
–Boy!? – ota hayron bo‘libdi.
–Ha ota, boy. Qarang, bizning uyimizda bitta it yashaydi, ularnikida esa to‘rtta. Bizning dalahovlimizda basseyn bor, ularda esa keng dengiz. Bizda kichik bog‘, ularda esa cheksi