“Baxtni mustahkamlash” nomli ayollar majlisida olib boruvchi savol berdi: –Qaysilaringiz eringizni sevasiz? Hamma qo‘lini ko‘tardi. Keyin, yana so‘radi: –Oxirgi marta qachon eringizga uni sevishingizni aytgansiz? Kimdir bugun, kimdir kecha desa, boshqasi eslay olmayman dedi… Keyin, olib boruvchi hammadan “Azizim, men sizni sevaman”, deb o‘z eriga SMS jo‘natishini so‘radi. Ayollar SMSni jo‘natib bo‘lishgach: –Endi, hamma telefonlarini almashtirib kelgan SMSlarni o‘qib ko‘rsin. Birin ketin kelgan javoblarni o‘qish boshlandi: “Onasi kasal-pasalmasmisan?” “Nima, yana mashinani urib oldingmi?” “Tushunmadim, nima demoqchisan?” “Yana nima ishkal chiqarding?” “Hazillashma!” “Gapni chaynamasdan qanch