Armoning ustida, alam chekyapsan, Dardlaring ko'paydi, sen hamon jimsan, Aytaqol yuragim, kimni istaysan ??? Senga bir vafoli, vafodor kerak, Xiyonatga uchrab, yig'lagan yurak ! Qolmadi urishga, endi madori, Yig'laydi xiyonat, yomon ozori, Bu dunyo bevafo, ajal bozori Senga bir bafoli, vafodor kerak, Xiyonatga uchrab, yig'lagan yurak ! Shunchalar sevganing, yolg'onmi endi, Yonganing, kuyganing yolg'onmi endi, Chin qalbdan sevganing, armonmi endi, Senga bir vafoli vafodor, kerak, Xiyonatga uchrab, yig'lagan yurak