"Ko'ngil" Ular uchrashishdi. Ikkisiga ham ma'qul bo'lmadi. To'y bo'lmaydi endi. - Nega?! - Chunki ikki ko'ngil ham norizo * Ular uchrashdilar. Ikkisiga ham manzur bo'ldi. Ammo ota-onalariga ma'qul bo'lmadi. To'y bo'lmaydi endi. - Nega? - Chunki ota-onalar ko'ngli norizo! * Ular uchrashishdi. Qiz ko'ngli rozi bo'ldi, ammo yigitning ko'ngliga ma'qul bo'lmadi. To'y bo'lmaydi endi. - Nega?! - Chunki yigit ko'ngli norizo! *** Ular uchrashdilar. Yigit ko'ngli rozi bo'ldi, ammo qiz ko'ngliga ma'qul bo'lmadi. To'y BO'LADI endi. - Nega?! - Chunki yigitning ko'ngli rozi. Ammo... Ammo qizning ko'ngli-chi?! Kim quloq tutadi uning nolalariga?! Kim?! Nega uning qalbi e'tiborsiz?! Nega?! Nega?! Nega?! Tsss