Harom pulga olingan yog`li patir non yegandan halol pulga kelgan suvi qochgan non yaxshi. Ota-onadan xabar olmagan o`nta polvon o`g`ildan bor mehrin ayamagan nozikkina qiz yaxshi. Ichida namoz o`qilmagan uch qavatli qasrdan joynomozi doim band kichkina kulba yaxshi. Doim aroqga to`lgan go`zal billur qadahdan doimo ko`k choy ichilgan sopol piyola yaxshi. Siringni fosh qiluvchi g`iybatchi o`nta do`stdan tiliga erk bermagan bitta mard dushman yaxshi. Ichi faxsh kinoga boy Iphone 4 telefondan usti qirilib yotgan oddiy telefon yaxshi. Paxta qo`yib aytilgan mingta shirin yolg`ondan foydang uchun aytilgan achchiq haqiqat yaxshi!!!